Surxondaryo viloyat ma’muriy sudlarida bayram tadbirlari bo’lib o’tdi
Surxondaryo viloyat ma’muriy sudlari mehnat jamoasida Navro‘z umumxalq bayramini “Navro‘zni ulug’lash –insonni ulug’lashdir!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada nishonlandi, xususan sud binolarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilib sud binosi va bino atofida manzarali ko‘chatlar ekilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi hamda Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan sud faxriylarining holidan xabar olinib, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilib, bayramga bag’ishlangan sport musobaqalari o’tkazildi hamda musobaqa g’oliblari taqdirlandi.










