Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Ma’muriy organlarning qarorlariga yoki mansabdor shaxslarning harakatlari va harakatsizligiga e’tiroz bildirgan fuqarolar v ayuridik shaxslar o’z huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tumanlararo ma’muriy sudlariga ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishga haqli;
Umumiy qoida bo’yicha ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran olti oy ichida sudga berilishi mumkin.
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar to‘g‘risidagi;
7) raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘lib yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, ma’muriy sud sudloviga tegishli nizolar to‘g‘risidagi;
8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
Viloyat ma’muriy sudi
arxiv mudiri N.Raxmanova
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2024 | SURXONDARYO VILOYAT MA’MURIY SUDI